Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«FIFA-2019» va «PES-2019» turnirining final bosqichi o‘tkazildi (foto)

«FIFA-2019» va «PES-2019» turnirining final bosqichi o‘tkazildi (foto)

Foto: Sergey Nasledov

Kecha, 31-may kuni Uchtepa tumanidagi «Seul Eko» bog‘i o‘g‘il-qizlar bilan gavjum bo‘ldi. Uchinchi tashabbus – Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish yuzasidan AKT vazirligi tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tadbir ko‘tarinki ruh kasb etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Uchtepa tuman hokimligi hamda O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi hamkorligida «FIFA-2019» va «PES-2019» turnirining final  bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tuman yoshlari tomonidan namoyish etilgan badiiy va ko‘rgazmali chiqishlar, yoshlarning sevimli ijodkorlarining tashrifi tadbir ahamiyatini yanada oshirdi.

Tadbir davomida «Seul Eko» istirohat bog‘ida internetdan foydalanish uchun yuqori tezlikdagi Wi-Fi hudud tashkil etildi.

Final bosqichi yakunida g‘oliblar medallar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring