Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fransiyalik muhandislar dunyodagi eng mitti uyni yaratishdi

Fransiyalik muhandislar dunyodagi eng mitti uyni yaratishdi

Optik tola ustidagi nano uy.

Foto: «Hi-News»

Fransiyadagi «Femto-ST» institutining bir guruh muhandislari optik nanotexnologiya imkoniyatlarni yanada kengaytirishga xizmat qiluvchi mikroskopik robotlarning yangi tizimini yaratdi, deb xabar berdi «Hi-News».

«μRobotex» nanobotlar «fabrikasi» mavjud bir nechta ixtirolardan foydalangan holda vakuum kamerada murakkab mikrotuzilmalarni yaratishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu kunga qadar «Lab-on-fiber» texnologiyasida robotlashtirilgan nanoyig‘ish funksiyasi bo‘lmagan, shu sababli ushbu ko‘lamdagi ishlar muhandislarga mikrotuzilmalarni yaratishda xalaqit berib kelgan. Endilikda mitti o‘lchamdagi sezuvchan elementlar optik tola uchiga o‘rnatilishi mumkin, bu esa mikroprotsessorlarni ko‘rish va ularni yuqori aniqlikda boshqarish imkoniyatini beradi. Mazkur texnologiyadan foydalanish ko‘lami juda keng hisoblanadi: chunki tola inson sochidan ham ingichka bo‘lgani sabab, ular qon tomirlari orqali harakatlanib u yerdagi bakteriya va viruslarni aniqlashi, shuningdek, kelajak kosmik kemalarini yuqori aniqlikda kalibrlashda foydalanish mumkin.

Olimlar tizim yordamida 25 mikrometrga teng uyning modelini yaratib ko‘rishdi. Buning uchun kremniy varag‘iga uy shakli tushirilgan, shundan so‘ng ular yupqa varaqdan mustaqil ravishda ion nurlanish ta’sirida yagona konstruksiya ko‘rinishida yig‘ilgan.

Uy modeli uchun qalinligi 1,2 mikrometr bo‘lgan kremniy plastinasidan foydalanilgan. Ion nurlar yordamida unga uyning shabloni chizilgan, eshik va deraza joylari qirqilgan. Shundan keyingina mualliflar yupqa shablonni yig‘gan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring