Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Future Muynak» o‘quv-amaliyot markazida bepul yangi kurslar tashkil qilinmoqda

«Future Muynak» o‘quv-amaliyot markazida bepul yangi kurslar tashkil qilinmoqda

Foto: TATU matbuot xizmati

O‘tgan yil dekabr oyida Mo‘ynoq tumanida «Future Muynak» o‘quv-amaliyot markazi tashkil qilingan edi. Markaz 2020-yil yanvar oyidan bugungi kunga qadar Mo‘ynoq yoshlariga animatsiya-dizayn, veb-dizayn, video va kino mahsulotlarini ishlab chiqish, kompyuter o‘yinlarini ishlab chiqarish yo‘nalishlari bo‘yicha bepul ta’lim berib kelmoqda.

Yangi o‘quv yilida markazda: 

  • veb-texnologiya,
  • 3D modellashtirish,
  • grafika

bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil qilingan.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filiali direksiyasi kurslarga o‘quvchilarni keng jalb etish maqsadida tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli maktablarning direktorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan TATU Nukus filiali direktorii, t.f.d. B.Kaipbergenov informatsion va telekommunikatsiya texnologiyalarining bugungi kundagi ahamiyati va vazifalariga to‘xtab o‘tgan bo‘lsa, filialning «Axborot xavfsizligi» kafedrasi mudiri, PhD E.Babajanov o‘quv kurslarining o‘qitilish jadvali, tartibi va mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Eng asosiysi, «Future Muynak»da o‘qish mutlaqo bepul! Har bir mashg‘ulot amaliyot bilan bog‘langan holda olib boriladi.

Ma’lumot uchun: «Future Muynak» markazidagi IT-Centre blogi axborot texnologiyalarini o‘rganishga ixtisoslashgan bo‘lib, markazdagi o‘quv kurslari onlayn va an’anaviy shaklda tashkillashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring