Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Google» dasturlashni o‘rgatadigan tekin o‘yin-dasturini taqdim etdi

«Google» dasturlashni o‘rgatadigan tekin o‘yin-dasturini taqdim etdi

Foto: «Spot»

«Google» kompaniyasi dasturlashni o‘rgatadigan bepul mobil o‘yin dasturini taqdim etdi, deb xabar beradi «Spot».

Mazkur dastur «Java Script»ni kichkina o‘yinlar va boshqotirmalar yordamida o‘rganish imkoniyatini beradi.

«Muvaffaqiyatga erishish uchun har kuni besh daqiqa «Grasshopper»dan foydalanish kifoya», — deyiladi «App Store» servisidagi izohida.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun «Google»da akkauntga ega bo‘lish kerak. Mashg‘ulotlarga kirishishdan oldin foydalanuvchi dasturlashning asosiy yo‘nalishlari keltirib o‘tilgan nazariy blok bilan tanishishi kerak.

Mashg‘ulotlar sekin-astalik bilan qiyinlashib boradi. Shuningdek, dastur foydalanuvchilarga har kuni yoki haftada bir marta mashqlarni yuborib turishi ham mumkin.

«Grasshopper»ni quyidagi havolalar orqali bepul ko‘chirib olish mumkin.

«Android» qurilmalar uchun: Google Play 

«iOS» qurilmalar uchun: App Store.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring