Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Google» dunyodagi eng kuchli kvant kompyuterni yaratdi

«Google» dunyodagi eng kuchli kvant kompyuterni yaratdi

Foto: «Flickr»

«Google» kompaniyasi dunyodagi eng kuchli kvant kompyuterni yaratdi, deb xabar bermoqda «Financial Times» gazetasi.

«Google» yangi qurilma yaratgani haqidagi ilmiy maqola avvaliga NASA saytida paydo bo‘lgan, biroq keyinchalik o‘chirib tashlangan edi. Biroq  «Financial Times» jurnalistlari maqoladan nusxa olishga ulgurishgan.

Maqolada olimlar vazifani atigi uch daqiqayu 20 soniyada hisob-kitob qilishga ulgurgan protsessor yaratgani haqida so‘z boradi. Solishtiradigan bo‘lsak, hozirgi kunda dunyodagi eng kuchli superkompyuter — «Summit» shu vazifani bajarishi uchun o‘n ming yil ketarkan.

Tadqiqotchilarga ko‘ra, yangi kompyuter hozircha bir paytning o‘zida bitta texnik hisobni chiqara oladi, kvant mashinalar to‘laqonli amaliy topshiriqlarni o‘zlashtirishi uchun yillar kerak bo‘ladi. Shunga qaramasdan, «guglvkant» «to‘laqonli hisoblash jarayoni yo‘li»dagi muhim qadam bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun: bugungi kunda sayyoramizda tengsiz «Summit» superkompyuteri 2018-yili AQShda yaratilgan. Qudratli bu mashina 27 mingta grafik protsessorlardan nuldan boshlab qurilgan. «Sammit» bir soniyada 200 million milliardgacha operatsiyalar bajara oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring