Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Hamyonbop, salkam flagman»: «Motorola» 108-megapikselli smartfonlarini taqdim etdi

«Hamyonbop, salkam flagman»: «Motorola» 108-megapikselli smartfonlarini taqdim etdi

Foto: «YouTube»

Mobil telefonlar bozoridagi eng eski brend — «Motorola» uncha kutilmagan va ko‘zga tashlanmagan taqdimotini o‘tkazdi. Ushbu brend ostida «uncha qimmatmas, biroq salkam flagman» toifasiga kiruvchi smartfonlar taqdim etilgani haqida «Vesti» xabar berdi.

«Edge 20» nomi ostidagi ushbu smartfonlar uchta modeldan iborat: Pro, oddiy va Lite. Barchasi 5G ni qo‘llab-quvvatlaydi. Ularning barchasida 108 megapikselli kameralar o‘rnatilgan — hamyonbop smartfonlar uchun anchayin yuqori sakrash.

Pro modelining protsessori kuchliroq, operativ xotirasi kattaroq, kamerasi uchtalik, ularning bittasi besh karralik zumga ega, tuzilishi bo‘yicha — periskop, bunaqasi «Motorola» tarixida bo‘lmagan.

Yangilanish chastotasi 144 gerslik displeyi o‘yinlarga mo‘ljallangan monitorlar billan bellasha oladi. Qolaversa, Pro talqini 8K o‘lchamli videolar olishga mo‘ljallangan. Oddiy va Lite modellari, nomi ham aytib turibdi, nisbatan oddiyroq va arzonroq.

Xabarda aytilishicha, smartfonlar uchun 30–60 ming rubl (400–800 dollar atrofida) narx chegarasi belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring