Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hasharotlar smartfon yordamida yo‘qotiladi: yangi ilova ishlab chiqildi.

Hasharotlar smartfon yordamida yo‘qotiladi: yangi ilova ishlab chiqildi.

Foto: «Habr.com»

Xitoy FA Xefey intellektual mashinalar instituti olimlari smartfonlar uchun hasharotlarning 50 dan ortiq turini aniqlovchi ilova ishlab chiqishdi va sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazishdi. Bu haqda «24TV» xabar berdi

Loyiha qatnashchilaridan biri — Se Chenszyunning aytishicha, hozir Xitoyda qishloq xo‘jaligi sohasi to‘qnash kelayotgan eng katta muammolar — pestitsidlarning haddan ziyod ko‘p qo‘llanilayotgani, zararkunanda hasharotlar monitoringi yaxshi olib borilmayotgani va yerga ishlov berish texnologiyalaridan yetarlicha foydalanilmayotganidir.

Se Chenszyun ta’kidlashicha, yangi ilovada sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanilgan bo‘lib, uning bazasida zararkunandalarning 1 milliondan ziyod suratlari bor.

Foydalanuvchi smartfoniga hasharotning suratini olsa va ilovaga yuklasa bas: ilova buni bazadagi suratlarga taqqoslagan holda hasharotning turini aniqlab, unga qarshi aynan qaysi vositani qo‘llash kerakligini maslahat beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring