Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Inha universiteti tayyorlov kurslariga ro‘yxatga olish boshlandi

Inha universiteti tayyorlov kurslariga ro‘yxatga olish boshlandi

Foto: «Inha.uz»

Toshkent shahridagi Inha universiteti tayyorlov kurslariga ro‘yxatga olish boshlandi. Tayyorlov kurslari matematika, ingliz tili, fizika fanlaridan bo‘ladi.

Tayyorlov kurslariga ro‘yxatga olish 23-avgustgacha davom etadi.

Qayd etish lozimki, tayyorlov kurslari tinglovchilari uchun qator imtiyozlar taqdim etiladi:

  • O‘quv kursi yakunida o‘tkaziladigan test sinovlarida Matematika va Fizika fanlarining har biridan 60 balldan yuqori natijaga erishgan tinglovchilar Inha universitetiga kirish imtihonlaridan ozod etilib, talabalikka qabul qilinadi;
  • Litsey va kollejlarning birinchi va ikkinchi kurs talabalari yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli o‘tsalar, o‘qishlarini bitirganlaridan so‘ng, imtihonsiz kontrakt asosida Inha universitetiga qabul qilinadilar.
  • Tayyorlov kurslari tinglovchilari Toshkent shahridagi Inha universiteti inshootlaridan foydalanishlari mumkin.
  • Faqatgina tayyorlov kurslari tinglovchilariga kirish imtihonini ikkinchi bor topshirish imkoniyati beriladi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring