Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Inson tanasiga joylashtirish mumkin bo‘lgan displey ixtiro qilindi

Inson tanasiga joylashtirish mumkin bo‘lgan displey ixtiro qilindi

Inson terisiga oson yopishtirish mumkin bo‘lgan ultra yupqa displey.

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

Tokio universiteti xodimlari inson terisiga oson yopishtirish mumkin bo‘lgan ultra yupqa displeyni yaratdi. U 16x24 qiymatdagi svetodiodlardan va maxsus cho‘ziluvchan o‘tkazuvchilardan tashkil topgan, deb xabar berdi «Hi-tech.mail.ru».

Hozircha displeyni mutlaq shaffof qilishning iloji bo‘lmadi, biroq materialni osongina cho‘zish va tananing istalgan joyiga yopishtirish mumkin.

Dipleyning simsiz aloqali moduli mavjud bo‘lib, unga istalgan ma’lumotni translyasiya qilish mumkin: xabarlar, yozishmalar, parollar va hokazo. Biroq ixtirochilar bu kabi ekranlardan sog‘liqni saqlash tizimida foydalanishni rejalashtirmoqda. Masalan, unga elektrokardiogrammani ulab qo‘yish va undagi yurak urushi haqidagi ma’lumotlarni bir vaqtning o‘zida atrofdagilar hamda bemorning o‘zi ham kuzatishi mumkin bo‘ladi.

Bu kabi holatlar uchun «elektron teri» ham ishlab chiqilgan. Biroq yangi ixtiro mualliflarining aytishicha, ularning ekrani boshqalarnikiga qaraganda 45 foizga ko‘proq xizmat qiladi, shuningdek, bir hafta taqilsa ham hech qanday allergik reaksiyani keltirib chiqarmaydi.

Ixtirochilar yaqin 3 yil ichida uni sog‘liqni saqlash tizimiga joriy etishni rejalashtirgan, biroq buning uchun ular displeyning yaroqlilik muddatini oshirishlari va ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishlari lozim.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring