Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Instagram» ko‘zi ojizlar uchun suratlarni ta’riflash xizmatini joriy qildi (foto)

«Instagram» ko‘zi ojizlar uchun suratlarni ta’riflash xizmatini joriy qildi (foto)

Foto: «Global Look Press»

«Instagram» ijtimoiy tarmog‘ida ko‘zi ojizlar va xira ko‘ruvchilar uchun ikkita yangi xizmat joriy etildi.

Ushbu xizmatlar ko‘zi ojiz foydalanuvchilar uchun suratni izohlash — uning qanday mavzuda ekani, suratda nimalar tasvirlangani va boshqa xususiyatlarga ta’rif beradi.

Birinchi funksiya «Facebook»da ishlab chiqilgan bo‘lib, suratda kim yoki nimalar aks etganini aniqlaydi.

Ikkinchisi esa, ko‘zi ojizlarga mo‘ljallangan xizmatni yaxshilashga qaratilgan. Unga ko‘ra, har bir surat joylayotgan foydalanuvchi o‘z suratiga batafsil tavsiflashi mumkin va u ko‘zi ojizlarga ovozli tarzda ma’lum qilinadi.

Yangi xizmatlar tarmoqning barcha bo‘limlarida, yangiliklar lentasi, do‘stlar va boshqa foydalanuvchilar va tavsiyalar bo‘limida ham ishlaydi.

https://360tv.ru/media/uploads/article_images/2018/11/20886_4UP-EN.png

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring