Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Instagram»da «mute» tugmasi paydo bo‘ldi

«Instagram»da «mute» tugmasi  paydo bo‘ldi

Foto: «Meduza»

«Instagram» ijtimoiy tarmog‘ida «mute» tugmasi («e’tiborsiz qoldirish») paydo bo‘ldi. Ushbu tugma obuna bo‘lingan foydalanuvchilarning postlari va tarixini berkitib qo‘yish imkonini beradi, deb xabar qildi «Meduza».

Yangi funksiyani ishga tushirish uchun foydalanuvchi suratining o‘ng yuqori burchagida turgan «…» belgisiga yoki uning profiliga bosish darkor. «Mute»  rejimini o‘chirib qo‘yish ham xuddi kabi profil orqali amalga oshiriladi.

Berkitib qo‘yilgan akkauntga bu borada ogohlantirish bormaydi.

Agarda foydalanuvchi suratda yoki izohda qayd etilgan bo‘lsa, «Mute»  rejimi tanlanganidanidan keyin ham unga xabar borib turadi, shuningdek, ushbu suratni ko‘rishi ham mumkin bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring