Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1000 ga yaqin drondan hayratlanarli shou (video)

1000 ga yaqin drondan hayratlanarli shou (video)

Foto: «Youtube»

«Intel» kompaniyasi dronlardan ommaviy ravishda foydalanish bilan shug‘ullanuvchi yo‘nalishni rivojlantirishni davom etmoqda. Avvalroq kompaniya 500 ta dron ishtirok etgan shouni namoyish etgandi. Bu safar esa dronlar havoda ma’lum bir tasvir shaklini shakllantirdi, deb xabar beradi «ITC.ua».

«Time» jurnali o‘zining navbatdagi sonini uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalarga bag‘ishladi. Biroq jurnal muqovasiga dron yoki ixtirochilar jamoasi tasvirlangan suratni joylashtirish o‘rniga «Intel» dronlaridan iborat flotning tunggi osmonda jurnal logitipini shakllantirgan tasvirini joylashtirishga qaror qilingan.

«Time» logotipini hosil qilish uchun 958 ta drondan foydalanilgan. Ular 100 metr balandlikda parvoz qilgan. Ta’kidlash kerakki, logotip ham dron yordamida tasvirga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring