Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ispaniya Markaziy banki saytiga xakerlar hujum qildi

Ispaniya Markaziy banki saytiga xakerlar hujum qildi

Foto: © flickr.com/stanjourdan

Ispaniyaning «ABC» gazetasi dushanba, 27-avgust kuni yozishicha, noma’lum xakerlar Ispaniya Markaziy banki saytiga hujum uyushtirgan. Buning oqibatida shu kuni foydalanuvchilar  saytga kirisha olmadilar, deb xabar bermoqda «Life».

Saytga kirishda muammolar yakshanba kunidan boshlangandi, bu payt davomida texnik xizmat ishlashda davom etib, kiberhujum oqibatlarini bartaraf etish bilan shug‘ullandi.

Ispan nashri bank jiddiy zarar ko‘rmaganini, uning ma’lumotlar bazasiga ziyon yetmaganini yozgan.

Voqeada «Anonymous» xakerlar guruhining qo‘li borligi gumon qilinyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring