Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Istanbulda haydovchisiz boshqariladigan birinchi metro liniyasi ishga tushadi

Istanbulda haydovchisiz boshqariladigan birinchi metro liniyasi ishga tushadi

Liniyadan 16ta stansiya o‘rin olgan/

Foto: «nv.ua»

Istanbulda (Turkiya) to‘liq avtomatlashtirilgan, poyezdlar harakati masofadan turib boshqariladigan metro liniyasi ishga tushiriladi. Bu haqda Hurriyet Daily News shahar munitsipalitetiga tayanib ma’lum qildi.

Shaharning osiyoliklar qismida joylashgan metro liniyasining birinchi bosqichini Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ochib beradi.

Dastlab Beshiktoshdan Umraniyagacha bo‘lgan 20 kilometrlik metro liniyasining 10,5 kilometri 16 dekabrda, qolgan qismi esa 2018-yilning iyunida ochiladi.

Liniyadan 16ta stansiya o‘rin olgan va ular to‘liq holda ishlaganida bir kunda 700 mingga yaqin odamni tashishga qodir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring