Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shuhrat Mahmudov

Hech qachon o‘qib-o‘rganish uchun kech bo‘ldi demang!

IT-maslahat. «Ccleaner»ning foydali 6 imkoniyati

IT-maslahat. «Ccleaner»ning foydali 6 imkoniyati

Foto: «IT-specialist»

«Ccleaner» aslida ko‘p funksiyali kombayn bo‘lib, birato‘la «Windows»dagi bir nechta sozlamalar hamda xizmat ko‘rsatuvchi utilitalarning o‘rnini bosa oladi. Bu dastur bepulligi hamda foydalanish osonligi sababli juda keng ommalashgan.

Barcha keraksiz va vaqtinchalik fayllardan xalos bo‘lish uchun «Ccleaner»da atigi bir nechta tugmachani bosish kifoya qiladi. Biroq keraksiz narsalardan qutqarishi – mazkur dasturning yagona funksiyasi emas. Uning yana ko‘plab vazifalari ham borki, foydalanuvchilarning aksariyati ulardan hatto bexabar bo‘lishlari ham mumkin. «IT-specialist» kanali shulardan eng muhimlarini sanab o‘tadi.

  1. Avtomatik yuklanishdagi unsurlarni o‘chirish

Operatsion tizim yuklanganida avtomatik tarzda ochiluvchi dasturlar sonining ko‘pligi – kompyuter sekin ishlashining eng keng tarqalgan sabablaridan biridir. Ularni saralab, orasidan keraksizlarini o‘chirib turish esa operatsion tizimning tez yuklanishini va ishlashini tezlashtiradi.

Bu ishni «Ccleaner» yordamida qilish uchun undagi mana bu yo‘l orqali kirasiz: «Servis»«Avtozagruzka»«Windows».

  1. Kontekst menyuni sozlash

Juda ko‘plab dasturlar o‘zlarining tegishli bandlarini fayllar va papkalarning kontekst menyusiga joylashtirib qo‘yadi. Natijada kontekst menyu juda kattalashib ketib, noqulaylik tug‘diradi. Windows’ning ushbu unsurlarini «Ccleaner» orqali dastlabki ko‘rinishiga keltirish tugmachasi esa quyidagi manzilda joylashgan: «Servis»«Avtozagruzka»«Kontekstnoye menyu».

  1. Takrorlanuvchi fayllarni topish

Operatsion tizimning hamda ayrim dasturlarning faoliyati davomida aynan bir xil fayllar yaralib qoladi. Shuningdek, foydalanuvchilarning o‘zlari ham o‘z fayllari va papkalarini nushalab, boshqa joylarga tashlab qo‘yishadi. Natijada diskda joy to‘lib ketishidan tashqari, ulardan foydalanishda noqulayliklar, chalkashliklar ham kelib chiqadi.

«Ccleaner» dasturi esa bu muammoni hal eta oladi; bunda u fayllarning nafaqat nomi, balki hajmi, yaratilgan vaqtini ham o‘zaro solishtiradi. Mazkur funksiyani ishga tushirish uchun «Servis»«Poisk dubley» manziliga kirish lozim.

  1. Diskdagi bo‘sh joyni tozalash

Bilsangiz kerak, kompyuterdan o‘chirilgan fayllar aslida faqatgina  «o‘chirilgan» degan belgi ostiga o‘tkaziladi, ammo aslida diskda saqlanib turadi. Agarda o‘chirilgan, ammo diskda joy o‘g‘irlab yotgan fayllardan chinakamiga qutulmoqchi bo‘lsangiz, diskdagi bo‘sh joyni tozalashingizga to‘g‘ri keladi. «Ccleaner» dasturida bu ishni amalga oshirish uchun «Servis»«Stiraniye diskov» bo‘limiga kirish darkor.

  1. Diskning to‘lganligini tahlil qilish

Diskdagi bo‘sh joy negadir hamisha kutilmaganda tugab qoladi. Uning qanday tugab qolganligi esa umuman tushunarsiz. Buni tushunishga ham «Ccleaner» tarkibidagi maxsus utilita yordam beradi. U «Servis»«Analiz diskov» manzilida joylashgan.

  1. Cookie-fayllarni boshqarish

Internetdan foydalanishlaringiz davomida siz kirgan saytlar kompyuteringizda maxsus fayllar – cookie-fayllarni joylab qo‘yadi. Ular keyingi gal shu saytga kirganingizda avtomatik tarzda autentifikatsiyadan o‘tishingiz va boshqa maqsadlar uchun kerak bo‘ladi. Lekin vaqt o‘tishi bilan ular ko‘payib ketib, brauzerning ishlashini og‘irlashtirib qo‘yadi. Shu bois ham vaqti-vaqti bilan ularni o‘chirib turish tavsiya etiladi.

Ammo bitta jihati bor – siz hamisha kirib turadigan zaruriy saytlarga (masalan – pochta xizmatlariga) tegishli cookie-fayllarni o‘chirmasdan qoldirgan ma’qul, shunda har gal ularda parolingizni boshqatdan kiritib o‘tirmaysiz. Bunda esa sizga yana «Ccleaner» yordamga keladi: «Nastroyki»«Cookie-fayli» bo‘limiga kirib, ortiqchalarini osongina o‘chirib tashlaysiz.

«Ccleaner» dasturini ishlab chiqaruvchining saytidan yuklab olib o‘rnatish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring