Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shuhrat Mahmudov

Hech qachon o‘qib-o‘rganish uchun kech bo‘ldi demang!

IT-maslahat. «Microsoft Word» dasturidagi muhim sozlamalar (video)

IT-maslahat. «Microsoft Word» dasturidagi muhim sozlamalar (video)

Foto: «linkedin.com»

«MS Word» dasturida qoida bo‘yicha «Calibri» shrifti o‘rnatilgan va uning o‘lchami «11» etib belgilangan. Aksariyat foydalanuvchilar esa o‘zlarining hujjatlarida qoida bo‘yicha shrift sifatida «Times New Roman»ni va «14» o‘lchamini belgilashadi.

«MS Word» dasturida xatboshi intervali qoida bo‘yicha old (pered): 0 pt va oxiri (posle): 8 (10) pt va satrlararo interval: (mnojitel) – 1,08 (1,15) sifatida o‘rnatilgan. Aksariyat foydalanuvchilar esa satrlararo intervalni «odinarniy»ga o‘zgartirishadi, xatboshi intervalini esa old (pered): 0 pt va oxiri (posle): 0 pt deb belgilashadi.

«Parametri stranitsi» oynasida sahifaning yon tomonlari qoida bo‘yicha yuqori (verxneye): 2 sm, quyi (nijneye): 2 sm, chap (levoye): 3 sm, o‘ng (pravoye): 1,5 sm sifatida o‘rnatilgan. Foydalanuvchi esa o‘zining hujjatlarida sahifa chetlariga har doim boshqacha o‘lchamlarni qo‘llashi mumkin.

Qoida bo‘yicha «MS Word» dasturi hujjatlarini .DOCX formatida saqlaydi. Aytaylik, siz hujjatni «MS Office 2016» dasturida tayyorlagansiz, .DOCX formatida saqlagansiz va ma’lumotlarni saqlash qurilmasi (fleshka)ga tashlab olgansiz. Faylni boshqa kompyuterda ochib, foydalanmoqchi bo‘ldingiz, ushbu kompyuterda ham «Office»ning shu versiyasi turgan bo‘lsa – muammo yo‘q, lekin dasturning versiyasi MS Office 2007, 2010, 2013 bo‘lib chiqsa, faylning avvalgidek ko‘rinishda ochilishiga kafolat berib bo‘lmaydi, bu esa ishimizni qiyinlashtiradi. Agar «MS Office 2003» versiyasi o‘rnatilgan bo‘lsa, unda fayl umuman ochilmaydi, sababi bu versiyada fayl formati: .DOC va u yangi .DOCX formatini qo‘llab-quvvatlamaydi.

Diqqat! Oxirgi muammo bo‘yicha maslahatimiz – hujjatni «Dokument Word 97-2003» (*.doc) formatida saqlanadigan qilib sozlash lozim, shunda hujjatingiz «MS Word»ning har qanday versiyasida muammosiz ochiladi.

«IT-specialist» kanali yuqorida sanab o‘tilgan muammolar yuzasidan maxsus videoqo‘llanma yaratdi. Uni ko‘rib chiqqan holda, o‘zingizning «MS Office» dasturingizni sozlab olishingiz va muammolarni bartaraf etishingiz mumkin. Dasturni sozlab olganingizdan so‘ng «MS Word» dasturida shoshilinch hujjatlar yaratganingizda matn shrifti, o‘lchami, abzatslar va satrlararo interval, sahifa chetlaridagi masofalar hamda hujjatning qaysi versiyada saqlanishidan ko‘nglingiz hotirjam bo‘ladi.

Izoh: Qoida bo‘yicha deganimizda biz rus tilidagi «po umolchaniyu» atamasini nazarda tutganmiz. Videoda tasvirlangan dasturning versiyasi: «MS Office 2016».

E’tiboringiz uchun rahmat, videoqo‘llanmadan foydalaning va yaqinlaringiz bilan baham ko‘rishni unutmang!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring