Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shuhrat Mahmudov

Hech qachon o‘qib-o‘rganish uchun kech bo‘ldi demang!

IT-maslahat. «Windows»dagi «vazifalar dispetcheri» qanday o‘chiriladi?

IT-maslahat. «Windows»dagi «vazifalar dispetcheri» qanday o‘chiriladi?

Foto: «geek-nose.com»

Vazifalar dispetcheri (диспетчер задач) kompyuterdagi jarayonlarni boshqarish imkonini beradi. Bu qurilma egasi uchun qulay, lekin dispetcherning imkoniyatlari ortida yashirin xavf bo‘lishi mumkin. Agar biror begona kimsa kompyuterga kira olsa, u kompyuterning himoyasini o‘chirishi yoki zararkunanda dasturni o‘rnatib qo‘yishi mumkin.

Ba’zi insonlar vazifalar dispetcherini ishga tushirishni cheklab qo‘yadi va faqatgina istisnoli holatlarda, shunda ham faqatgina o‘zlari uchun ruxsatni belgilaydi.

Vazifalar dispetcheri qanday o‘chiriladi? «IT-specialist» kanali shu haqda ma’lumot beradi.

Buning uchun quyidagi 4 qadam amalga oshiriladi:

1) Pusk → Выполнить → gpedit.msc buyrug‘i kiritiladi;

2) «Конфигурация пользователя» bo‘limida «Административные шаблоны» quyi bo‘limi tanlanadi;

3) Keyin esa «Система» bandida «VВарианты действий после нажатия (Возможности) Ctrl+Alt+Del» quyi bandi tanlanadi;

4) «Удалить диспетчер задач» parametri uchun «Включена» qiymati belgilanadi.

Vazifalar dispetcherini qayta yoqish

Xuddi shu qadamlarni bajarish, lekin «Не задана» qiymatini belgilash lozim. Agar administrator qayd yozuvi (учетная запись)ga parol o‘rnatilgan bo‘lsa, begona kimsa sozlamalarni o‘zgartira olmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring