Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shuhrat Mahmudov

Hech qachon o‘qib-o‘rganish uchun kech bo‘ldi demang!

IT-maslahat. «Word»da bir necha soniyada mundarija yaratish usuli

IT-maslahat. «Word»da bir necha soniyada mundarija yaratish usuli

Foto: «@itspecuz»

Sarlavhalarga nisbatan to‘g‘ri uslub (стиль)larni qo‘llang, dastur esa hammasini avtomatik tarzda bajaradi. Telegramdagi @itspecuz kanali ushbu usulning soddaligi va tezkorligi bilan bir qatorda, uni qo‘lda kiritishga nisbatan yana ko‘plab arzirli afzalliklari borligi haqida foydali maslahatlar beradi.

Agar siz hujjatning strukturasini o‘zgartirishni istab qolsangiz, mundarijani osongina unga qayta moslashtirib olish mumkin. Bundan tashqari sarlavhalar va quyi sarlavhalar, matnning mos bo‘limiga tezkor o‘tib beruvchi havola (ссылка)larga aylanadi.

Ushbu ko‘rsatma «Word Online»dan tashqari boshqa barcha «Word» variantlariga to‘g‘ri keladi: veb-versiya avtomatik mundarijani yaratishga qodir emas. Dasturning eski versiyalarida interfeysning ba’zi elementlarining joylashuvi va nomlanishi farq qilishi mumkin, lekin ulardagi harakatlar ketma-ketligi o‘zgarmaydi.

  1. Sarlavhalar uchun uslublarni tanlang

Matnda sarlavhalarni joylashtirib chiqing va ularga nisbatan «Zagolovok N» formatida nomlangan formatlash uslublarini qo‘llab chiqing. Iyerarxiyaga amal qiling. Masalan, agar eng yuqori daraja (уровень)dagi sarlavhalarga «Zagolovok 1» uslubini tanlagan bo‘lsangiz, keyingi darajali sarlavhalarga «Zagolovok 2» uslubini tanlang va hokazo.

Sarlavhaga uslubni qo‘llash uchun uni dastlab belgilang, so‘ngra uskunalar panelidagi mos uslub ustiga bosing. Agar panelda kerakli uslublar mavjud bo‘lmasa, ularni Alt + Ctrl + Shift + S klavishlar kombinatsiyasi yordamida oching. Ekranning o‘ng qismida barcha uslublarni o‘z ichiga olgan qo‘shimcha panel paydo bo‘ladi.

  1. Hujjatga mundarijani qo‘shing

Siz tomoningizdan formatlab chiqilgan sarlavhalar asosida dastur mundarijasini qo‘shishi uchun, kursorni matnning boshiga o‘tkazing va uskunalar panelida «Ссылки» → «Оглавление» → «Автособираемое оглавление 1»larni bosing.

Agar mundarijaning alohida sahifada joylashishini istasangiz, undan oldin va keyin uzilish (разрыв) qo‘shing. Buning uchun mundarijaning oldidan kursorni joylashtiring va «Вставка» → «Разрыв страницы»larni bosing. So‘ngra kursorni mundarijaning oxiriga o‘tkazib, xuddi shu harakatni qaytaring.

Agar bundan keyin siz hujjatga qo‘shimcha kiritsangiz va mundarija eskirsa, shunchaki uni yangilang: uning ustiga sichqonchaning chap tugmasi bilan bosing, so‘ngra «Обновить таблицу»ni bosing va faqatgina sahifa raqamlarini yoki butun mundarijani yangilashni tanlang (ushbu harakatlarni mundarijaning ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish va ochilgan kontekst menyusidan «Обновить поле» bandini tanlash orqali ham amalga oshirish mumkin).

Siz mundarijaning mos bandiga sichqonchaning chap tugmasini bosish orqali matnning kerakli bo‘limiga tezkor o‘tishingiz mumkin. Biroq havolalar ishlashi uchun Ctrl klavishini ushlab turishingiz kerak bo‘ladi.

  1. Xohishingizga ko‘ra mundarijaning ko‘rinishini sozlang

Agar standart mundarijaning tashqi ko‘rinishi sizni qoniqtirmasa yoki barcha sarlavhalarni o‘zida aks ettirmasa, siz uni o‘chirib tashlashingiz va yangi mundarijani o‘z xohishingizga ko‘ra sozlab olishingiz mumkin. Ushbu holatda siz ««Ссылки» → «Оглавление» → «Настраиваемое оглавление»larga bosasiz.

Sozlamalar oynasi ochilgan paytda, mundarijada o‘zingizga kerakli bo‘lgan parametrlarni ko‘rsatib o‘ting. Bu yerda to‘ldiruvchini (bandlardagi nuqtalarni) olib tashlash, sahifa raqamlarini berkitish yoki joylashuvini o‘zgartirish, ko‘rinib turishi lozim bo‘lgan darajalar miqdorini tanlash va ularning iyerarxiyasini tahrirlash mumkin.

Maslahatimiz: mundarijani hujjatdagi barcha matnlarni kiritib, formatlab bo‘lganingizdan so‘ng yarating. Aks holda mundarijani yaratib olib, keyinchalik hujjatingizga yana qo‘shimchalar kiritib, yakuniy jarayonda mundarijani yangilab olish yodingizdan ko‘tarilib qolishi mumkin.

Umid qilamizki, ushbu maslahatlarimizga amal qilgan holda, endi hujjatlaringizdagi mundarijalarni oson va tez yaratishga odatlanasiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring