Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IT Park ko‘rsatkichlar keskin oshganini ma’lum qildi

IT Park ko‘rsatkichlar keskin oshganini ma’lum qildi

Foto: «Xabar.uz»

2022-yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha IT Park rezidentlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarning umumiy hajmi 814 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 186 foizga o‘sdi. Bu haqda IT Park ma’lum qildi.

IT Park rezidentlari eksporti hajmi o‘tgan yilga nisbatan 3,5 baravarga oshib, 17,3 million dollarni tashkil etdi. 

Shu bilan birga, rezidentlar eksportining 85,2 foizi AQShga, qolgani Buyuk Britaniya, Koreya, MDH mamlakatlari va BAAga to‘g‘ri keladi. 2022 yil oxiriga kelib eksport hajmi 100 million dollarga yetishi kutilmoqda.

IT Park rezidentlari soni 588 ta kompaniyani tashkil etdi (o‘tgan chorakka nisbatan 130 foizga ko‘p). 

588 ta kompaniyadan:

  • 479 tasi Toshkent shahrida, qolgan 109 tasi viloyatlarda ro‘yxatga olingan;
  • joriy yilning 1-choragida 23 ta kompaniya tashkil etildi;
  • IT sohasida 73 ta kompaniya ta’lim xizmatlarini ko‘rsatadi;
  • xorijiy kapital ishtirokida 19 ta korxona tashkil etildi;
  • eksportga yo‘nalgan 121 ta kompaniyadan 53 tasi ishlanmalar yo‘nalishida faoliyat yuritadi.

Birinchi chorakda 80 ta kompaniya IT Park rezidenti maqomini oldi (o‘sish sur’ati 200 foizni tashkil etdi).

14 ta kompaniya rezident maqomidan mahrum qilinib, 43 tasi rezident maqomini olishda rad etildi.

IT-kompaniyalar va IT o‘quv markazlari IT Park rezidentlari sifatida bir qator imtiyozlarga ega bo‘lishi mumkin:

  • daromad solig‘i — 7,5%;
  • korporativ soliq (yuridik shaxslar uchun soliq) — 0%;
  • yagona ijtimoiy to‘lovlar — 0%;
  • o‘z ehtiyojlari uchun tovarlarni olib kirishda bojxona to‘lovlari  yo‘q.

Bundan tashqari, rezident korxonalarda 11,8 ming kishi ish bilan ta’minlandi va bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qo‘shimcha ish o‘rinlari sonining 184 foizga oshishiga olib keldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring