Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Juda xavfli»: ekspert ilovani zudlik bilan o‘chirib tashlashni tavsiya qildi

«Juda xavfli»: ekspert ilovani zudlik bilan o‘chirib tashlashni tavsiya qildi

Foto: «Eg.ru»

«Forbes» jurnalida chiqqan maqolada kiberekspert Zak Doffman android-smartfon ishlatuvchilarni «juda xavfli» ilovani o‘chirib tashlashga chaqirdi.

Gap yuz million martadan ko‘p ko‘chirib o‘rnatilgan bepul va pulli «SuperVPN» ilovalari haqida bormoqda.

Ekspertga ko‘ra, «sizning maxfiyligingiz va xavfsizligingizni himoyalash»ga va’da bergan bu servis aslida g‘irt teskarisini qilmoqda. Xususan, «SuperVPN» zararli josuslik dasturiy ta’minotini yashirincha ishlatish va ma’lumotlarni sizdirish bilan shug‘ullanadi.

Ommalashgan «CyberNews» hakerlik forumida «SuperVPN» hamda «GeckoVPN» va «ChatVPN» mijozlarining qurilmalari va hisob qaydnomalari ma’lumotlari uchta bazasi sotilayotgani haqidagi fevral oyida tarqagan xabar Doffmanning e’tiborini tortgan.

«Shuni ham ta’kidlash muhimki, «Google Play» do‘konida turli ishlab chiqaruvchilarga qarashli shunga o‘xshash mazmundagi va logitipli  yana kamida oltita ilova bor», — deya ogohlantirgan «CyberNews».

Doffman foydalanuvchilarga nomi taniqli va sinovdan o‘tgan ishlab chiqaruvchilarning ilovalarini ishlatishni tavsiya qilgan. Bepul ilovalardan esa yaxshisi uzoqroq yuring, dedi u.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring