Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kamerafonlar qiroli «Galaxy S9» taxtni boy berdi

Kamerafonlar qiroli «Galaxy S9» taxtni boy berdi

Huawei P20 Pro.

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

Bugun, 28-mart kuni  fotokameralar imkoniyatini o‘rganuvchi «DxOMark» kompaniyasi mutaxassislari smartfonlardagi kameralarga oid hisobotlarni e’lon qildi. Bu tajribada kecha taqdim qilingan «Huawei P20» hamda «Huawei P20 Pro» kamerafonlari o‘rganilgan, deb xabar berdi «Terabayt».

«Huawei P20» hamda «P20 Pro» kamerofonlar reytingida yangi yetakchilarga aylanishdi. Ham fotosurat, ham video tasvirga olishda «Huawei P20 Pro» umumiy 109 ball bilan ro‘yxatda yaqqol peshqadam bo‘ldi.

Bungacha bu o‘rinda «Samsung Galaxy S9» flagmani 99 ball bilan «qirol» edi. «Kuchli beshlik»dagi boshqa smartfonlar ham test sinovlarida 97 va 99 ballarni olishgan edi. Bu degani hali-beri «P20 Pro»ga munosib raqib topilmaydi.

«Huawei P20»  ham bo‘sh kelmadi — 102 ball va reytingda ikkinchi o‘rinni egallagan. Taqqoslash uchun aytamiz, shu paytgacha jahondagi biror smartfon kamerasi hali 102 ballni qo‘lga kiritmagan edi.

Shu taxlit «Huawei P20» smartfoni «Galaxy S9+» flagmanidan 3 ball, «Google Pixel 2» flagmanidan» — 4, «Mate 10 Pro», «iPhone X» hamda «Mi MIX 2S» smartfonlaridan 5 ball oldinga o‘tib ketdi.

«P20» modelida «akasi»dagi kabi 40 megapikselli va manzarani 5 karra yaqinlashtiruvchi sensor o‘rnatilmagan bo‘lsa ham, «Huawei» uni eng yaxshi kamera modullari va imkoniyatlar bilan qurollantirgan.

«P20 Pro» va P20» kameralari detallarni yaxshi va tabiiy muhrlaydi, ranglarning yorqinligi saqlanadi, «shovqin» miqdori kamayadi. Shu bilan birga, smartfondagi avtofokus tizimlari takomillashgan. Ayniqsa, orqa fonni xiralashtirish rejimi diqqatga sazovor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring