Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koinotga sayohatni auksionda yutib olish mumkin

Koinotga sayohatni auksionda yutib olish mumkin

Foto: «Zelenyikot.com»

Milliarder Jeff Bezosning Blue Origin kompaniyasi onlayn-kim oshdi savdosini ishga tushirdi. Uning g‘olibi New Shepard kemasi bortida yo‘lovchi sifatida koinotga yo‘l olishi mumkin. Parvoz yozning o‘rtalariga rejalashtirilgan, deyiladi kompaniya saytida.

New Shepard kemasi 20-iyul kuni birinchi astronavtlar ekipaji bilan koinotga uchadi. Biz ushbu reysda bitta joyni onlayn-auksion g‘olibiga taqdim etamiz, deyiladi xabarda.

Har bir inson 19-mayga qadar Blue Origin veb-saytidagi kim oshdi savdosida ishtirok etish uchun ariza topshirishi mumkin. Bunda ishtirokchilar xohlagancha pul tikishi mumkin.

Dastlab, ma’lumotlar sir tutiladi. Auksion ishtirokchilarining ismlari va ularning takliflari kim oshdi savdosi boshlanganda — 19-may kuni e’lon qilinadi. Auksion g‘olibi 12-iyun kuni aniqlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring