Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koordinatorlar viloyatlarga chiqishadi: bu qizlarimiz uchun imkoniyat

Koordinatorlar viloyatlarga chiqishadi: bu qizlarimiz uchun imkoniyat

Foto: «wcu.uz»

«Data.gov.uz» ma’lumotlariga qaraganda, bugungi kunda axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotganlarning 16 — 22 foizini qizlar tashkil etadi. Ya’ni, o‘z taqdirini axborot texnologiyalari bilan bog‘lovchi qizlar anchagina kam.

Hech shubhasiz, «Technovation» mana shu bo‘shliqni global miqyosda to‘ldirish bilan shug‘ullanib kelayotgan eng yirik xalqaro texnologiya dasturi sanaladi.

Yaqinda shu loyihaning O‘zbekistondagi kordinatorlari — Saida Yusupova, Yelena Seleznyova, Yelena Kokareva, Hilola Umarova Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lishdi. Ular TATU filiallaridagi qizlar bilan videoko‘prik orqali konferensiya o‘tkazishdi.

«Technovation Challenge» xalqaro dasturi taqdimoti ko‘plab TATU talabalarini qiziqtirib qo‘ydi. Shu kunning o‘zidayoq talaba qizlar jamoalari «my.technovationchallenge.org» saytida ro‘yxatdan o‘tishdi.

«Technovation»  2016-yildan O‘zbekistonda ham o‘tkazib kelinyapti.

Bu yil loyiha kordinatorlari TATU filiallari va hududlarga chiqishni rejalashtirishgan. O‘ylaymizki, o‘zbek qizlari bu imkoniyatlardan samarali foydalanishadi va ular axborot texnologiyalari sohasida yurtimiz dovrug‘ini dunyoga tanita olishadi.

Gulnoza Orif qizi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring