Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kriptokrizis: bitkoin va boshqa yirik kriptovalyutalarning narxi tusha boshladi

Kriptokrizis: bitkoin va boshqa yirik kriptovalyutalarning narxi tusha boshladi

«Soinmarketcup» birjasining «Top 10»ligida joylashgan kriptovalyutalarning narxi tushib bormoqda.

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

«Soinmarketcup» birjasining «Top 10»ligida joylashgan kriptovalyutalarning narxi tushib bormoqda, deb xabar berdi «Hi-tech.mail.ru».

Dunyoning eng katta kriptovalyutasi — bitkoin bir necha sutkada ming dollarga qadrsizlandi va narxi 10 ming atrofiga kelib qoldi. Ya’ni u 2017-yil noyabrdagi kurs qiymatiga qaytdi.

«Ethereum» 6 foizga qadrsizlandi va 2017-yil dekabr oxiridagi kursga tenglashdi.

«Ripple» atiga 0,1 dollarga arzonlashdi, biroq kriptovalyuta sonining ko‘pligi hisobiga uning kapitalizatsiyasi 5 milliard dollarga tushib ketdi.

Nega pasaymoqda?

Narxlar pasayishiga yapon kriptobirjasi «Coincheck»ning qulashi — 500 million dollarlik kriptovalyutalarning o‘g‘irlab ketilishi asosiy sabablardan biri bo‘lishi mumkin. Birja yaratuvchilari o‘g‘irlangan pullarning 90 foizini qaytarishga va’da bergan, biroq Yaponiya hukumati vaziyatni o‘rganishni boshlab yuborgan.

«Bunday pasayishlar normal holat. Eslatib o‘taman, uch oy avval bitkoin narxi $6 000ni tashkil etardi. Agar qandaydir kutilmagan hol ro‘y bermasa, mart oyiga borib kriptovalyutalarning yana qimmatlashishini kuzatishimiz mumkin», deb vaziyatga baho bergan blokcheyn-konsultant Denis Smirnov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring