Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kriptovalyuta milliarderlari. Kimlar ular?

Kriptovalyuta milliarderlari. Kimlar ular?

Foto: «ITC.ua»

«Forbes» nashri birinchi bor «Kriptovalyuta olamining eng boy insonlari» ro‘yxatini e’lon qildi, deb xabar berdi «ITC.ua».

Ularning boyliklarini baholashda bir qancha ko‘rsatkichlar e’tiborga olingan: «naqd» kriptovalyutalar hajmi (bir qancha dalillar bilan isbotlangan), kriptovalyutalar savdosi orqali to‘langan soliqlar, kriptovalyuta savdosi yoki kriptobiznesdagi ulushlar.

Reytingdan o‘rin egallash uchun kamida 350 million dollarga ega bo‘lish lozim. Ishtirokchilarning o‘rtacha yoshi 42 ga teng. «Forbes 400» an’anaviy ro‘yxatidagi boylarning yoshi esa o‘rtacha 67 ni tashkil etadi.

Kris Larsen, 57 yosh. Boyligi — $7,5-$8 mlrd.

«Ripple» kompaniyasining sobiq raisi, blokcheyndan foydalangan holda xalqaro bank tranzaksiyalari o‘tkazmasi bilan shug‘ullanadi. Uning ixtiyorida «Ripple» tokeni tomonidan chiqarilgan 5,2 milliad dollar qiymatidagi XRP mavjud.

Djozef Lyubin, 53 yosh. Boyligi — $1-$5 mlrd.

«Ethereum» blokcheyn-platfotmasining asoschilaridan biri.

Chanpeng Zao, 41 yosh. Boyligi — $1,1-$2 mlrd.

Dunyodagi eng yirik kripto ayirboshlash shoxobchalaridan biri — «Binance» asoschisi.

Aka-uka Uinklvosslar, 36 yosh. Boyligi — $900-$1,1 mlrd.

Aka-ukalar 2013 yilda, bitkoin narxi 120 dollar atrofida bo‘lganida unga 11 million dollar tikkan. O‘shandan buyon ular o‘z aktivlarini saqlab kelmoqda.

Mettyu Mellon, 54 yosh. Boyligi — $0,9-$1 mlrd.

XRP asoschilaridan biri.

Brayan Armstrong, 35 yosh. Boyligi — $0,9-$1 mlrd.

AQShdagi eng mashhur savdo maydoni — «Coinbase» kriptovalyuta birjasining asoschisi.

Mettyu Roszak, 45 yosh. Boyligi — $0,9-$1 mlrd.

«Bitcoin»ning sobiq investori.

Entoni Di Lorio, 43 yosh. Boyligi — $0,75-$1 mlrd.

«Ethereum» blokcheyn-platformasi sarmoyadori.

Brok Pirs, 37 yosh. Boyligi — $0,7-$1 mlrd.

Bir qator kriptokompaniyalar, jumladan, «Mastercoin», «Coinbase» va «Ethereum» asoschisi.

Mixael Novograts, 53 yosh. Boyligi — $0,7-$1 mlrd.

2013 yildan buyon kriptovalyutalarga sarmoya kiritib keladi.

Vitalik Buterin, 24 yosh. Boyligi — $400-$500 mln.

«Ethereum» blokcheyn-platformasi asoschisi. Hozirda «Microsoft», BP va «JPMorgan» kabi kompaniyalar bilan hamkorlik qilib keladi.

Song Chi-Xung, 38 yosh. Boyligi — $350-$500 mln.

Janubiy Koreyada «Upbit» birjasining egasi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring