Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Kun.uz», «Xabar.uz» kabi axborot saytlaridagi «shubhali uzilishlar»ni chetlab o‘tish usuli

«Kun.uz», «Xabar.uz» kabi axborot saytlaridagi «shubhali uzilishlar»ni chetlab o‘tish usuli

Logo: «Xabar.uz»

Oxirgi kunlarda «Kun.uz», «Xabar.uz» va shu kabi informatsion saytlarda bo‘layotgan «shubhali uzilishlar»ga ko‘pchilik duch kelmoqda. Bu DNS serverlar bilan bog‘liq. Aniqrog‘i, O‘zbekistondagi DNS serverlar bilan.

Shu kabi muammolarni chetlab o‘tish uchun, tashqi DNS serverlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Kompyuterda mana shu muammoni bartaraf etamiz, ya’ni DNS server manzilini o‘zgartirib qo‘ysak tamom.

Buning uchun kompyuterda quyidagi amallar ketma-ketligini bajarishimiz zarur:

Klaviaturadagi Windows va (PUSK+R) tugmalar birikmasini bosamiz:

Ochilgan oynadagi satrga ncpa.cpl buyrug‘uni teramiz va OK tugmasini bosamiz:

Agarda siz kabel orqali internetga ulangan bo‘lsangiz sizda ekrandagi elementlarning nomlanishi «Сетевое подключение» (Network Connections) yoki Ethernet, simsiz tarmoq (WiFi) orqali ulangan bo‘lsangiz «Беспроводная сеть» (Wireless Connection) ko‘rinishida bo‘ladi. Bizdagi misolda «Ethernet» turibdi:

Bizga kerakli element ustida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosamiz va ochilgan kontekst menyusida «Свойства» (Properties) oynasini ochamiz:

Ochilgan oynada «IP версии 4» (TCP/IPv4) (Internet Protocol Version 4 (TCP/IPv4) bo‘limini tanlagan holda «Свойства» (Properties) tugmasini bosamiz.

Ochilgan oynadan «Использовать следующие адреса DNS-серверов» (Use the following DNS server addresses) bo‘limini tanlab unga tashqi DNS manzillarini kiritamiz. Qaysi birini oldin yoki keyin kiritishning farqi yo‘q. Va ketma-ket ravishda OK tugmalarini bosib chiqamiz.

Eng ishonchli tashqi DNS server manzillari ro‘yxati:

Klaviaturadagi Windows va (PUSK+R) tugmalar birikmasini bosamiz:

Ochilgan oynadagi satrga CMD buyrug‘uni teramiz va OK tugmasini bosamiz:

Ochilgan oynada ipconfig /flushdnsbuyrug‘ini teramiz va Enter tugmasini bosamiz.

Endi brauzerda «Kun.uz», «Xabar.uz» saytlariga kirib ko‘ramiz. Agarda saytda kirishda muammo bo‘lsa, boshqa DNS manzillarni kiritib, tekshirishda davom etamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring