Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

LG rekord o‘rnatdi, biroq masala ochiq...

LG rekord o‘rnatdi, biroq masala ochiq...

Foto: LG

Janubiy Koreyaning LG kompaniyasi tadqiqotchilari Fraunhofer jamiyati (Germaniya) bilan hamkorlikda 6G-tarmoqda 100 metrga ma’lumot uzatib, rekordni yangilashdi. Bu haqda «TechXplore» xabar berdi.

6G — ma’lumotlarni 5G ga qaraganda 50 baravar yuqori tezlikda uzata oluvchi texnologiya. Unda tutilishlar ham kamaytirilgani uchun ovozli xabarlar tabiiyroq chiqadi. Yangi aloqa standarti uzatilayotgan ma’lumotlar aniqligini oshiradi.

Muammolar... yo‘q emas: 6G texnologiyasida harakat radiusi cheklangani uning uzatish kuchini qirqadi. Shuning uchun ham chinakam 6G texnologiyasi 2025–2029-yillardan keyingina paydo bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bir necha oy muqaddam «Samsung» kompaniyasi 6G signalni 15 metrgacha uzata olgandi. LG esa qadamni kattaroq tashladi: 100 metr — boshlanishiga chakki emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring