Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mercedes-Benz» kompaniyasi AQSh hukumatini aldaganlikda gumonlanmoqda

«Mercedes-Benz» kompaniyasi AQSh hukumatini aldaganlikda gumonlanmoqda

«Mercedes-Benz» transport vositalari.

Foto: «NV.ua»

«Mercedes-Benz» kompaniyasi AQShda o‘tkazgan chiqindi sinovlari vaqtida noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etish uchun dasturiy ta’minotdan foydalangan bo‘lishi mumkin. AQSh hukumati kompaniyaga tegishli avtomobillarga Qo‘shma Shtatlar hududida o‘tkazilgan sinov vaqtida chiqindi miqdorini kamaytirib ko‘rsatishi uchun noqonuniy dasturiy ta’minot o‘rnatilganini aniqladi, deb xabar berdi «NV.ua».

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Daimler» xodimlari ularning transport vositalari AQSh standartlariga mos kelmasligini «Volkswagen» bilan bog‘liq dizel mojarosi vaqtidayoq payqagan. Ichki sinovlar shuni ko‘rsatdiki, «Mercedes»ning ayrim modellari juda ko‘p miqdorda azot oksidini havoga chiqarmoqda. Natijada «Daimler» amerikaliklarni aldash uchun bir necha funksiyali dasturiy ta’minotni yaratgan.

Ta’kidlanishicha, dasturlardan biri «Bit 15» deb nomlanadi. U 16 mil masofa bosib o‘tiganidan so‘ng, havoga chiqarilayotgan gazlar miqdorini hisoblamay qo‘yadi. Yana bir dasturning nomi «Slipguard» bo‘lib, u zararli moddalar va chiqindi gazlar uchun test o‘tkazilayotganini aniqlay olgan.
Shu bilan birga «Daimler» kompaniyasi o‘zining aybsiz ekanligini aytmoqda. Kompaniya rahbariyati «Bild am Sonntag» nashrida e’lon qilgan maxfiy hujjatlar haqida ogohlantirildi.

Eslatib o‘tamiz, «Volkswagen» kompaniyasi AQShda o‘z avtomobillarining ekologik ko‘rsatkichlarini soxtalashtirgani uchun mojaro markaziga tushib qolgan va buning oqibatida kompaniya aksiyalari keskin tushib ketgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring