Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Microsoft» asoschilaridan biri — Pol Allen vafot etdi

«Microsoft» asoschilaridan biri — Pol Allen vafot etdi

Foto: «Nastroy»

Sietlda (AQSh, Vashington shtati) «Microsoft» asoschilaridan biri Pol Allen 65 yoshida vafot etdi. Bu haqda u tashkil etgan «Vulcan» investitsiya kompaniyasi saytida xabar berildi.

Allen faol inson edi, atrof-muhitni himoya qilishga hissa qo‘shar, musiqa tinglashni yoqtirar, san’at kishilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelayotgandi.

Kompaniya xabariga ko‘ra, saraton xastaligidan aziyat chekib kelgan Pol Allen kecha, 15 oktyabr kuni olamdan o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Pol Allen va Bill Geyts birgalikda 1975-yili «Microsoft» kompaniyasiga asos solishgan. Saratonga chalinganidan keyin Allen aksiyalarning katta qismini saqlab qolgan holda kompaniyani tark etishga majbur bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring