Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Motorola» arzon smartfonini sotuvga chiqarmoqda — «Redmi»ga munosib raqib

«Motorola» arzon smartfonini sotuvga chiqarmoqda — «Redmi»ga munosib raqib

Foto: «Rozetked»

Mobil telefonlar sohasining asoschisi va bir paytlardagi yetakchisi «Motorola» ko‘pchilik kutmagan ishlanmasini taqdim etdi — arzon va uzoq vaqt ishlab beruvchi smartfon. «Ferra.ru» xabariga ko‘ra, «Moto G9» nomli smartfon Hindistonda 150 dollardan sotuvga chiqariladi.

Agarda qurilmaga talab yuqori bo‘lsa, kompaniya uni boshqa bozorlarga ham olib kirishi aniq.

Foto: «Ferra.ru»

Narxi arzonligiga qaramay, «Moto G9» texnik jihatdan anchayin baquvvat: Snapdragon 662 protsessori, 6,5-dyuymli IPS-displey (HD+, tomonlar nisbati 20:9).

Smartfonga 4 GB operativ, 128 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. Akkumulyatori esa 5000 mAs sig‘imga ega. 20 Vt kuchga ega simli tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega. Frontal kamerasi 8 Mp, asosiy kamerasi esa to‘rttali moduldan iborat!

Qurilma masofadan to‘lovlar uchun NFC-modul bilan ta’minlangan, Bluetooth 5.0ni qo‘llaydi.

Smartfon savdosiga 31-avgustdan start beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring