Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namanganda robototexnika va kompyuter texnologiyalari bo‘yicha festival-tanlov bo‘lib o‘tdi

Namanganda robototexnika va kompyuter texnologiyalari bo‘yicha festival-tanlov bo‘lib o‘tdi

Foto: Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

Namangan shahrida bo‘lajak ixtirochilar o‘rtasida «Kelajak sari innovatsion texnologiyalar bilan!» festival-tanlov o‘tkazildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda viloyatdagi barcha umumta’lim maktablari o‘quvchilari «Barkamol avlod» bolalar markazlarida avtomodel, avia-raketa model, robototexnika, kemasozlik, informatika va kompyuter texnologiyalari kabi o‘ndan ziyod yo‘nalishlardagi to‘garaklarda tahsil olayotgan yoshlar ishtirok etdilar.

Tanlovning dastlabki saralash bosqichlarida Namangan shahri va viloyatining barcha tumanlaridan 500 nafardan ziyod o‘quvchilar ishtirok etgan bo‘lsa, finalda esa ular orasidan saralash bosqichida muvaffaqiyatli o‘tgan 182 nafar o‘quvchilar texnik ishlanmalar, ya’ni avtomodel, avia-raketa model, kemasozlik va robototexnika hamda informatika va kompyuter texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblik uchun bahslashdi.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

Tanlov doirasida «Aqlli tovuqxona», «Ko‘rkam shaharcha», «Ozoda hudud», «Sayohatchi mikroavtobus», shuningdek, bir necha o‘nlab avto, avia-raketa modellar, informatika va kompyuter texnologiyalari bo‘yicha turli dasturlar hamda veb-saytlarni namoyish etdilar.

Mazkur tadbirda o‘qituvchilar ham marketing, ilmiy-texnik ishlanmalar, axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlaridagi izlanishlari mahsuli bo‘lgan ishlanmalari va loyihalari bilan qatnashdi.

O‘qituvchilar festival tanlov doirasida dars jarayonida o‘quvchilar faolligini axborot kommunikatsion texnologiyalar orqali oshirish, innovatsion baholash uslublari sifatida «Plikers» («Plickers») dasturini keng qo‘llash, multimedia vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirilishiga qaratilgan loyihalarini taqdim etdi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring