Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

NASA bugungi fazoga uchishni bekor qildi

NASA bugungi fazoga uchishni bekor qildi

Amerika fazogirlarining 30 noyabrga rejalashtirilgan Xalqaro kosmik stansiyasidan koinotga chiqishi bekor qilindi. Bu haqda Rossiya Missiyalarni boshqarish markazi vakiliga asoslanib Interfaks ma’lum qildi.

Hozirda NASA Rossiya Missiyalarni boshqarish markazi bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. NASA veb-saytidagi xabarda ta’kidlanishicha, kosmonavtlar ichiga kosmik chiqindilar tushishi xavfi tufayli ushbu parvoz bekor qilingan.

«29 noyabr kuni NASA Xalqaro kosmik stansiyasi yaqinida koinot qoldiqlari uchib o‘tgani haqida xabar oldi. Ushbu chiqindilar kosmonavtlar uchun qanday xavf tug‘dirishi mumkinligini to‘liq baholay olmagani uchun ekspertlar ochiq fazoga chiqishni qo‘shimcha ma’lumotlar yig‘ilguncha qoldirishga qaror qilishdi», — deyiladi NASA xabarida.

Avvalroq ikki amerikalik astronavt Xalqaro kosmik stansiyasidan koinotga chiqib, uning yuzasidagi ishdan chiqqan signal uzatish tizimini almashtirishi haqida xabar berilgan edi. Ques modulidan chiqish AQShning Sharqiy qirg‘og‘i vaqti bilan 07:10 da boshlanishi, taxminan 6,5 soat davom etishi kerak edi.

Avvalroq, NASA Yerni asteroid zarbidan qutqarishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida xabar qilgan edik.

Maqsad sifatida NASA mutaxassislari katta Didimos asteroidi atrofida aylanuvchi kichik Dimorfos asteroidini tanladilar. DART zondi 24 noyabrda ishga tushirildi va 2022 yil oktyabrda asteroidga yetib borib, soniyasiga 6,6 kilometr tezlik bilan borib uriladi (soatiga 23760 kilometr).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring