Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nega Oy Quyoshdan yorqinroq nur sochadi?

Nega Oy Quyoshdan yorqinroq nur sochadi?

Foto: NASA

«Fermi» kosmik teleskopidan Yer yo‘ldoshini kuzata turib, olimlar ajoyib manzaraga guvoh bo‘lishdi. Observatoriya teleskopida Oy biz o‘rganib qolgandan ancha o‘zgacha ko‘rinadi, deyiladi NASA xabarida.

Kuzatishlarga ko‘ra, Yer yo‘ldoshi Quyosh nurini gamma-nurlanish diapazonida to‘sib qo‘yadi.

Gamma-teleskop 2008-yildan beri Yer atrofidagi orbita bo‘ylab 565 kilometr balandlikda uchadi. Olimlar qariyb 11 yildirki, Oyga 31 megaelektronvolt quvvat bilan tushadigan gamma-zarralarni qayd etib kelishmoqda. Bu ko‘zga ko‘rinadigan energiyadan 10 million marta ko‘proq. Kuzatuv natijasiga ko‘ra, Oy yuzasi favqulodda kuchli nurlanishni aks ettiradi — u hatto quyoshdan ham o‘zib ketadi, ya’ni tungi yoritqich kunduzgiga qaraganda yorqinroq ko‘rinadi.

Buni shunday izohlash mumkin: Yerning tabiiy yo‘ldoshiga kuchli kosmik nurlar doimiy ravishda yog‘ilib turadi, Oyda na atmosfera, na magnit maydoni yo‘qligi uchun, deyarli hech nima ularni to‘xtatib qolmaydi. Aynan shuning uchun ham bu manzarani koinotdan Yerga qarab kuzatib bo‘lmaydi — sayyoramiz gamma-zarralardan himoyalangan. Oyda yuqori energetik kvantlarning bir qisminigina regolit yutib yuboradi, qolgani gamma-teleskopda yaqqol ko‘rinadi.

Bunda ushbu diapazonda o‘zgaruvchan Oy fazalarini ko‘rishning iloji yo‘q, negaki zarralar uning butun yuzasini bombardimon qiladi. Biroq baribir nurlanish jadalligi o‘zgaradi: unga Quyosh faolligi ta’sir o‘tkazadi, u o‘zining magnit maydoni bilan kosmik gamma-nurlar harakatini qaytaradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring