Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Neyrotarmoq miyadagi o‘simtani 15 nafar vrachdan tez aniqladi

Neyrotarmoq miyadagi o‘simtani 15 nafar vrachdan tez aniqladi

Foto: «thestar.com»

Pekin shifoxonalarining birida ishlab chiqilgan «BioMind» sun’iy intellekti miyadagi o‘simtani aniqlashda tajribali tibbiyot mutaxassislarini ortda qoldirdi, deb yozmoqda «Life.ru». «Sinxua» agentligi neyrotarmoq o‘z vazifasini tezroq va sifatliroq uddalaganini xabar qilgan.

O‘ziga xos inson va kompyuter o‘rtasidagi bellashuvda «raqamli doktor» va 15 nafar vrachga miyasida o‘simta borligi ehtimol qilinayotgan 225 nafar bemorning tibbiy xaritalari berildi. Sun’iy intellekt uzil-kesil g‘alaba qozondi. Neyrotarmoq kasalliklarni 83 foiz aniqlikda topgan bo‘lsa, shifokorlar 63 foiz aniqlikda ishlashdi. Tashxisni qo‘yishga «BioMind» atigi 15 daqiqa sarfladi, shifokorlar jamoasi 30 daqiqa boshini qotirdi.

Neyrotarmoqqa kasalliklar tashxisini o‘rgatishda Xitoy shifoxonalaridagi minglab tibbiy xaritalardan foydalanildi.

«Umid qilamanki, bu tajriba yordamida tibbiyot mutaxassislari yangi texnologiyalarning kuchini anglab olishadi», — dedi Tyantan shifoxonasi rahbarining o‘rinbosari Van Yonjin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring