Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Nike» qalbakilashtirib bo‘lmas krossovkalar ishlab chiqaradi

«Nike» qalbakilashtirib bo‘lmas krossovkalar ishlab chiqaradi

Foto: «Thenextweb»

«Nike» kompaniyasi o‘z poyabzallariga raqamli texnologiyalarni tatbiq etmoqda. «Korrespondent» yozishicha, kompaniya muayyan xaridorga «bog‘lab qo‘yiluvchi» blokcheyn-krossovkalar uchun patent olgan.

Endi «Nike» rusumli sport poyabzallarini qalbakilashtirish aslo ilojsiz, deyiladi Amerika patentlar va savdo belgilari byurosi saytida.

Blokcheyn-krossovkalar «CryptoKicks» nomi ostida chiqadi. Kompaniya krossovkasini xarid qiluvchiga mahsulotga qo‘shib uning xos identifikatsiya raqami ham beriladi. Bundan maqsad poyabzalni qalbakilashtirishning oldini olishdir: oyoq kiyimi qutisidagi maxsus kodni skanerlash orqali xaridor krossovkalarning «originali» yoki soxtacini oson aniqlay olishadi.

Agarda «CryptoKick» qayta sotiladigan bo‘lsa, uning kodini ham yangilashga to‘g‘ri keladi.

Kompaniya, shuningdek, krossovkalarning «ikkinchi qo‘ldan» sotilishini  nazoratga olish, soxta mahsulotlarni aniqlashda ham raqamli texnologiyalar qo‘l kelishiga ishonmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring