Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nishonda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi

Nishonda Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi

Foto:«Mitc.uz»

Navbatdagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida ochildi. Mazkur markaz «O‘zbektelekom» AK Qashqadaryo filialining Nishon telekommunikatsiya bog‘lamasi qoshida tashkil etildi.

O‘quv markazining ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi, tizimdagi korxona va tashkilotlar, Nishon tumani xalq ta’limi bo‘limi rahbar va xodimlari, tuman faollari hamda mahalliy yoshlar ishtirok etishdi.

Mazkur markazda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o‘quv markazi, robototexnika o‘quv markazi va kibersport yo‘nalishlaridan tashkil topgan. Unda 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar kompyuter savodxonligi, dasturlash, veb-dizayn va robototexnika asoslari bo‘yicha bepul o‘qitiladi va kurslarni muvaffaqiyatli tugatganlarga sertifikatlar beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring