Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Nokia» to‘rt kamerali 5G-smartfonini taqdim etdi

«Nokia» to‘rt kamerali 5G-smartfonini taqdim etdi

Foto: «iXBT.com»

«Nokia 8.3 5G» smartfoni taqdim etildi. Nomidan ham ko‘rinib turibdi — smartfon beshinchi avlod tarmoqlarida ishlaydi. Qolaversa, qurilmaning «ZEISS» optikali to‘rt kamerasi bor.

Foto: «NokiaMob»

Smartfon ekrani diagonali 6,8 dyuym (FullHD+)ga teng. Asosiy kamerasi 64 Mp, 12 Mp, 2 Mp va 2 Mp datchiklardan tashkil topgan. Frontal kamerasi esa 24 megapikselli. Qurilma ekshn usulida video olish imkoniyatini beradi. Kino suratga olish rejimini ham afzalliklar qatoriga qo‘shish mumkin: foydalanuvchi turli effektlarni qo‘llay oladi.

Protsessori — Snapdragon 765G. Akkumulyatori — 4500 mAs.

«Nokia 8.3 5G» Android 10 bazasida taqdim etilyapti, ammo keyinchalik Android 11 gacha yangilash mumkin. Ikki talqinda taqdim etilyapti: tezkor va doimiy xotirasi 6GB/64 GB hamda 8 GB/128 GB.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring