Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olimlar tushkunlikni «aqlni nazorat qilish usuli» yordamida davolash mumkinligini kashf qildi

Olimlar tushkunlikni «aqlni nazorat qilish usuli» yordamida davolash mumkinligini kashf qildi

Olimlar «vahima hujayrasi»ni aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

Kolumbiya universiteti va San-Fransiskodagi Kaliforniya universitetining tadqiqotchilari yaqinda sichqonlar miyasidagi «vahima hujayrasi»ni aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Shundan so‘ng ular hayvonlar aqlini nazorat qilish ilinjida yorug‘lik nuridan foydalanib ko‘rdi, deb xabar berdi «Hi-tech.mail.ru».

Tadqiqotchilar vahima uyg‘otadigan hujayralarni aniqlash va ularning miya sohasidagi darajasidan o‘tuvchi signallarni tekshirish uchun laboratoriya sichqonlari ustida bir qator tajribalarning o‘tkazdi.

Aniqlanishicha, miyaning hissiyotlar markazidagi gippokampda sichqonlarda vahimati yuzaga keltiruvchi hujaylarlar mavjud ekan: sichqonlar uchun ushbu holatda vahimani yirtqich hayvonlar hujum qilishi mumkin bo‘lgan ochiq hudud uyg‘otadi.

Stressdan so‘ng sichqonlarni tinchlantirish uchun olimlar optogenetikadan — fotostimulyasiyadan foydalandi. Ular vahimani bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi, natijada sichqonlar deyarli qo‘rquv hissini yo‘qotdi.

Ushbu usul odamlarda ham tushkunlik va qo‘rquvga qarshi kurashishda foydalanish mumkin bo‘lgan samarali vositaga aylanishi mumkin. Axir inson miyasining hujaylari ham sichqonnikiga o‘xshash. Bundan tashqari zamonaviy jamiyatda tushkunlik eng muhim muammolardan biri hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring