Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oltinsoyda raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi

Oltinsoyda raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi

Foto:«Mitc.uz»

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochilib, o‘z ish faoliyatini boshladi. Markaz Surxondaryo viloyatida tashkil etilgan to‘rtinchi o‘quv markazi hisoblanadi.

Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi, tuman hokimligining rahbar va xodimlari, mehnat faxriylari hamda yoshlar ishtirok etishdi.

Mazkur markaz zamonaviy kompyuter jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, kompyuterdan samarali foydalanish, dasturlash, veb dizayn, kompyuter grafikasi asoslari kabi ixtisoslashgan o‘quv kurslarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan.

Shu bilan birgalikda o‘quv markazida tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari va xodimlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakasini oshirishi rejalashtirilgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring