Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OLX-da ish: insonlarning orzuidagi ish uchun muvaffaqqiyatli vakanciya yaratish

OLX-da ish: insonlarning orzuidagi ish uchun muvaffaqqiyatli vakanciya yaratish

Biz bo‘sh ish o‘rinlarini joylashtirishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar, e’tiborga olinishi kerak bo‘lgan maslahatlar va layfxaklarni to‘pladik. Nomzodlar sizni osonlikcha topishlari uchun ushbu ma’lumotlarni o‘qing, yodlang, saqlang va ulardan samarali foydalaning.

OLX vakanciyalarni joylashtirish uchun ideal tuzilishga ega. Sizdan nima talab qilinadi? Kompaniyangiz haqida muhim ma’lumotlar bilan birga xodimga qo‘yiladigan dastlabki talablar, ish sharoitlari hamda boshqa zarur ma’lumotlarni qisqa va lo‘nda holda ko‘rsating. Professional HR menejerdan bo‘sh ish joyini qanday joylashtirishga yordam beradigan bir necha maslahatlar.

ISh bo‘limida lozim bo‘lgan xodimning ixtisosligini ko‘rsating.  Butikka sotuvchi-maslahatchi qidirayapsizmi?- Chakana savdo / Sotish. Bolalar bog‘chasi uchun qo‘riqchi kerakmi? - Qo‘riqlov / Xavfsizlik. Agar tanlovda shubhangiz bo‘lsa-xavotir olmang: OLX vakansiya e’lonini yaratish jarayonida sizga SOHA bo‘yicha maslahatlar beradi.

  • Lavozim nomi

Lavozim / ixtisoslik aniq va lo‘nda ko‘rsatiladi: O‘quv markaziga ingliz tili o‘qituvchisi / Ivent-agentligiga so‘zlashuv janri aktyori va h.k.

Tavsifga o‘tamiz – bu bo‘sh ish o‘ringa bo‘lgan talabning eng muhim qismi. Bu qism to‘rt punkdan iborat bo‘lsa maqsadga muvofiq bo‘ladi: kompaniyangiz haqida ma’lumot, xodimga qo‘yiladigan talablar, uning vazifalari, ish sharoitlari. Boshladik.  

  • Kompaniya haqida ma’lumot:

Hamkasblaringizni vakansiyalarini o‘rganib chiqing va o‘zingizning ustunlik jihatlaringizni ko‘rsating.

  • Xodimga bo‘lgan talab:

Nomzodingiz ega bo‘lishi kerak bo‘lgan zaruriy kasbiy xususiyatlarni tavsiflang (chet tillarni bilish, ixtisoslashgan ma’lumot, kompyuter dasturlarini bilish darajasi va boshqalar).

Xodimingizni kollektiv bilan kirishib ketishini  ta’minlovchi shaxsiy fazilatlarni ko‘rsating: odob-axloq, muloqotga kirishuvchanlik, ishiga mas’uliyat bilan yondashish va h.k. 

  • Xodimning vazifalari:

Xodimning ish jarayonida bajarishi kerak bo‘lgan majburiyatlari va hal qilishi lozim bo‘lgan masalalar doirasini shakllantiring.

  • Sharoitlar:

Ish va ta’til jadvali, kompaniyaning joylashgan manzili bo‘yicha muhim belgilar, xususan metrogacha bo‘lgan masofa va boshqa muhim ma’lumotlar: kompaniya bepul tushlik bilan ta’minlaydimi, dam olish kunlari korporativ sayohatlar uyushtiriladimi va nomzod uchun muhim bo‘lgan boshqa rag‘batlantirishlar. 

Ish haqi (maosh) - tanlovning asosiy omilidir. Agar mavjud bo‘lsa nyuanslarini ko‘rsating (kelishilgan ish haqi, qo‘shimcha ish haqi va h.k.). Sinov muddati uchun ish haqi va uning keyinchalik o‘sish ehtimolini, shuningdek maosh berish jadvalini (avans, maosh, bonuslar) ko‘rsatishni unutmang.

Intervyu natijalari bo‘yicha nomzodning darajasiga ko‘ra maosh belgilashni rejalashtirayapsizmi? Siz to‘lashga tayyor bo‘lgan oraliqni ham ko‘rsatib o‘ting. 

  • Umumiy tavsiyalar:

Siz kompaniyangiz hajmidan qat’iy nazar jiddiy ish beruvchisiz, shuning uchun kompaniyaning logotipi yoki fotosuratlarini yuklash orqali profilingizni mos ravishda ishlab chiqing - ular sizning barcha reklamalaringizda ko‘rsatiladi.

Vakansiya matnini abzatslarga - semantik qismlarga ajrating, o‘qish va tushunish qiyin bo‘lgan “varaq” nashr qilmang. Muhim ma’lumotlarni qalin xarf bilan belgilang.

Biz siz uchun ideyal vakansiya variantini tuzib chiqdik.

Axir har bir ish kimningdir orzuidir!

OLX bu xodimlarni izlash uchun eng qulay xizmat, bu yerda siz biznesingizga kerakli xodimni aniq topasiz. Bo‘sh ish o‘rinlarini  OLX-da joylashtiring va jamoangiz bozorda eng zo‘rlardan bo‘lsin!

HR-yangiliklaridan «OLX Rabota/Ish» telegram kanalidan xabardor bo‘lishingiz mumkin.

Savollar bormi? https://t.me/Otabek_Abdullaev_OLX - ga murojaat qiling.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring