Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oyning ham sun’iy yo‘ldoshi bo‘ladi — bugun raketa uchirildi (video)

Oyning ham sun’iy yo‘ldoshi bo‘ladi — bugun raketa uchirildi (video)

Foto: Wikipedia

Rocket Lab (AQSh) kompaniyasi NASA agentligining CAPSTONE mini-yo‘ldoshi joylangan Electron raketa-tashuvchisini Oyga uchirdi. Bu haqda Space.com xabar berdi.

25 kilogramm og‘irlikdagi yo‘ldosh ortilgan 18 metrli raketaga bugun, 28-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:55 da Maxiya yarimorolida (Yangi Zelandiya) start berilgan.

NASA hisob-kitoblariga ko‘ra, yo‘ldosh Oy orbitasiga 13-noyabr kuni yetib boradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring