O‘zbekiston — Eron — Efiopiya: nega telegramni yaxshi ko‘ramiz?

O‘zbekiston — Eron — Efiopiya: nega telegramni yaxshi ko‘ramiz?

Yetakchi messenjer-ilovalar mamlakatlar miqyosida.

Infografika: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarni boshqaruvchi «Hootsuite» platformasi hamda «We Are Social» agentligi o‘tgan 2017-yil raqamli tendensiyalari va ijtimoiy tarmoqlar holatiga bag‘ishlangan tadqiqot hisobotini berdi. Unda 239 mamlakat va hududlarga doir ma’lumotlar bor.

Bu tadqiqotga ko‘ra, «Facebook» asosiy platformasiga nisbatan «WhatsApp» va «Facebook Messenger» ikki karra tez o‘sgan.

«SimilarWeb» ma’lumot berishicha, dunyodagi eng ommalashgan ilova bu «WhatsApp» — u 128 mamlakatda yetakchi, «Messenger» esa 72 mamlakatda «birinchi raqamli» sanaladi.

«Facebook» dunyoning 25 mamlakatida yetakchilikni qo‘lga kirita olmagan, ular orasida O‘zbekiston ham bor. Bizda, Eron va Efiopiyada «Telegram»ni yaxshi ko‘rishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring