Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Markaziy Osiyo yetakchisiga aylandi — Global Innovation Index

O‘zbekiston Markaziy Osiyo yetakchisiga aylandi — Global Innovation Index

O‘zbekiston Global Innovation Indexda ilk marotaba innovatsion rivojlanish bo‘yicha Markaziy Osiyoning yetakchisiga aylandi. Jahon reytingida 4 pog‘ona yuqorilagan O‘zbekiston 132 davlat orasida 82-o‘rinni egalladi.

Shuningdek, O‘zbekiston boshqa nufuzli xalqaro reytinglardagi o‘rnini ham sezilarli darajada yaxshiladi:

  • «Hukumat samaradorligi» ko‘rsatkichida 22 pog‘onaga ko‘tarildi;
  • «Siyosiy barqarorlik va zo‘ravonlik/terrorizimning mavjud emasligi» ko‘rsatkichida 19 pog‘onaga o‘sdi;
  • «Tartibga solish sifati» yo‘nalishida 33 pog‘onaga o‘sdi;
  • «Korrupsiyani tiyib turish» indikatoridagi natijasi 15 pog‘onaga yaxshilandi;
  • «Huquq ustuvorligi» yo‘nalishida 13 pog‘onaga ko‘tarildi;
  • «Aholi fikrini hisobga olish va hisobdorlik» ko‘rsatkichi bo‘yicha 12 pog‘ona yuqoriladi.

Kecha, 28-sentyabr kuni yangilangan BMTning elektron hukumatlarning rivojlanish darajasi bo‘yicha reytingi (UN E-Government Survey)da O‘zbekiston 18 pog‘ona yuqorilab, 69-o‘ringa ko‘tarilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring