Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston pochtasi» va «Kazpochta» hamkorlik bo‘yicha kelishib olishdi

«O‘zbekiston pochtasi» va «Kazpochta» hamkorlik bo‘yicha kelishib olishdi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida vazir o‘rinbosari Bahromjon Olmatov Qozog‘iston Respublikasining «Kazpochta» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Saken Sarsenov bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida pochta sohasida ikki tomonlama hamkorlik ulkan salohiyatga ega ekani qayd etildi va o‘zaro manfaatli bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlarda sheriklikni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Vazir o‘rinbosari Bahromjon Olmatov delegatsiya a’zolariga mamlakatimizda sohada amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar, tizim oldida turgan vazifalar , shuningdek, «O‘zbekiston pochtasi»  aksiyadorlik jamiyatining istiqboldagi rejalari xususida batafsil ma’lumot berdi.

Xususan, 2019-yilda pochta aloqa xizmatlari ko‘rsatkichlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15 foizga oshganini takidladi.

Uchrashuvda ko‘p tomonlama hamkorlik natijalari, Qozog‘istonda «Kazpochta»ning elektron tijorat bozoridagi ishtiroki, mahalliy va xalqaro darajada biznes infratuzilmani shakllantirishda pochta xizmatining o‘rni bilan bog‘liq masalalalarda o‘zaro fikr almashildi.

«O‘zbekiston pochtasi» va «Kazpochta» aksiyadorlik jamiyatlari o‘rtasida kurerlik va «tezkor pochta» xizmatlari, elektron tijorat sohasidagi hamkorlik bilan bog‘liq yo‘nalishlarda mintaqada hamkorlikda tezkor xizmat tizimini joriy etishga doir hamkorlik yuzasidan kelishib olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring