Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda axborot texnologiyalari akademiyasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda axborot texnologiyalari akademiyasi tashkil etiladi

Ulug‘bek Tagaliyev, UZINFOCOM direktori v.v.b.

Foto: «Xabar.uz»

Bugun «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasida UZINFOCOM-2018 konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Yagona integratorning O‘zbekiston AT-bozoridagi maqsad va vazifalari, faoliyatidagi yangi usullar, hamkorlar va buyurtmachilar bilan o‘zaro munosabatlari haqida ma’lumot berish maqsadida tashkil etilgan ushbu anjumanda AKT vazirligi rahbarlari, global vendorlar, tizim integratorlari, axborot tizimlarini mustaqil ishlab chiquvchilar va xalqaro konsalting kompaniyalari qatnashdilar.

Anjumanda Yagona integrator qoshida «U-Lab» ilmiy laboratoriyasini tashkil etish rejasi e’lon qilindi. Bu AT-startaplari uchun texnologik maydonchaga aylanadi, tajriba sinovlari uchun amaliy zamin va davlat organlari uchun mutaxassislar tayyorlovchi maskan bo‘ladi.

«U-Study» o‘quv markazi AT-Akademiyasiga aylantiriladi va ma’lumotlar qayta ishlash markazlari uchun xodimlarni muntazam o‘qitadi, tizim ma’murlari, axborot xavfsizligi xodimlari, tarmoq rahbarlarini tayyorlaydi.

Texnologik kompaniyalarning vendorlari va distribyutorlari «U-Study» uchun trenerlarni tayyorlash va laboratoriya tashkil etishda ishtirok etish uchun taklif etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring