Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda ilk bor RFID texnologiyalari asosidagi kutubxona ochildi

O‘zbekistonda ilk bor RFID texnologiyalari asosidagi kutubxona ochildi

Foto: TATU matbuot xizmati

«INFOLIB 2019» axborot-kutubxona haftaligi doirasida tashkil etilgan RFID texnologiyalari asosidagi avtomatlashtirilgan namunaviy kutubxonaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TATU matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: TATU matbuot xizmati

Tadbirda oliy ta’lim muassasalarining ARM rahbarlari va yetakchi mutaxassislari uchun «ID LOGIC» kompaniyasi bosh direktori Sergey Nikulin (Rossiya) ishtirokida «Axborot-kutubxona muassasalarini kompleks avtomatlashtirish istiqbollari» mavzusida seminar tashkil qilindi hamda kutubxonalar faoliyatini avtomatlashtirish sohasidagi zamonaviy texnologiyalar, ularning imkoniyat darajalari haqida ma’lumotlar berildi.

Foto: TATU matbuot xizmati

RFID texnologiyalaridan foydalangan holda axborot xizmatlari samaradorligini oshirishning yangi texnik va dasturiy vositalari taqdimotiga bag‘ishlangan mazkur tadbirda kutubxonalarda RFID tizimlarini joriy qilishning quyidagi imkoniyatlariga alohida to‘xtalib o‘tildi:

RFID tizimlarini joriy qilishning imkoniyatlari:

  • fondlar bilan operatsiyalarda inson omilining ta’sirini kamaytirish va noto‘g‘ri identifikatsiyalashning oldini olish;
  • kutubxona ishining samaradorligini oshirish va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish stansiyalarini joriy qilish orqali kutubxona foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsatish tezligini oshirish;
  • inventarizatsiya vaqtini qisqartirish;
  • kitob fondining saqlanishini ta’minlash;
  • kitoblarni fond ichida va undan tashqarida ko‘chirish jarayonini iloji boricha oshkora qilish;
  • kutubxona talablariga muvofiq eksponatlarni tezda tashkil qilish va ilmiy va ta’lim resurslariga tezkor kirish orqali ta’lim samaradorligini sezilarli darajada oshirish.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring