Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda rahbarlar ishiga baho qo‘yiladigan portal yaratiladi

O‘zbekistonda rahbarlar ishiga baho qo‘yiladigan portal yaratiladi

«Davlat boshqaruvida ilg‘or davlat menejmenti va «aqlli» boshqaruv prinsiplarini bosqichma-bosqich joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Hukumat qarori (959-son, 28.11.2019-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlari uchun professional boshqaruvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida masofaviy ta’lim texnologiyalarini o‘z ichiga olgan davlat boshqaruvida menejment va «aqlli» boshqaruv prinsiplari bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Shuningdek, «Boshqaruv kadrlari portali» yaratilib, 2020-yil 1-martga qadar ishga tushiriladi.

Portal foydalanuvchilarining yagona elektron bazasini shakllantirish va yangilab borish, shuningdek ularning kasbiy va shaxsiy o‘sishiga ko‘maklashuvchi masofaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish Portalning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Qarorga ko‘ra, 2019-yil 1-dekabrdan boshlab Toshkent viloyati Bo‘ka tumani va Angren shahrida tajriba-sinov tariqasida rahbar kadrlar faoliyati samaradorligiga doimiy ravishda baho berib borish tizimi joriy etiladi va ushbu tizim 2020-yil 1-avgustga qadar amalga oshiriladi.

Tajriba-sinov yakunlari bo‘yicha ushbu tizim keyinchalik butun respublika hududida joriy etiladi.

2020-yil 1-fevralga qadar davlat organlarining «Xalqqa – ko‘makchi, tadbirkorga – biznes hamkor» sifatida faoliyat ko‘rsatishini kengaytirish maqsadida maxsus elektron platforma yaratiladi va ishga tushiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring