Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekneftgaz»: «GTL» loyihasi doirasida loyihalashtirish ishlari to‘liq yakunlandi (Foto+video)

«O‘zbekneftgaz»: «GTL» loyihasi doirasida loyihalashtirish ishlari to‘liq yakunlandi (Foto+video)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va topshirig‘iga ko‘ra bunyod etilayotgan «Uzbekneftegaz GTL» zavodi Markaziy Osiyoda eng yirik ishlab chiqarish loyihasi bo‘lishi kutilmoqda.

Ishlab chiqilgan chora-tadbirlarning samarali natijasida koronavirus pandemiyasi davrida ham ulkan majmuada olib borilgan qurilish ishlari to‘xtab qolmadi.

Quvonarlisi esa, «GTL» loyihasi doirasida hozirda loyihalashtirish ishlari to‘liq yakunlangan bo‘lib, qurilish-montaj ishlariga 8000ga yaqin ishchi va muhandislar, 522 ta maxsus texnika jalb qilindi.

Qurilish maydoniga jami 1 045 ta texnologik uskunadan 1010 tasi (96,7%) yetkazib kelindi.

«Uzbekneftegaz GTL» zavodida ayni paytda qurilmalarni ishga tushirish, montaj qilish, sozlash jarayonlari amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonlarni amalga oshirishda sanoat va ekologiya xavfsizligi, sog‘liqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi qat’iy nazoratga olingan.

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi «Ishchi guruh» tomonidan investitsiya loyihasining amalga oshirilishi, qurilish-montaj ishlarini yakunlash holati, tashqi infratuzilma ob’yektlari qurilishining olib borilishi, shuningdek, «Uzbekneftegaz GTL» korxonasining ishga tushirish-sozlash oldi va ishga tushirish-sozlash ishlarining amalga oshirilish jarayonlari muntazam o‘rganilib kelinmoqda.

Bugungi kunda loyihaning bosh pudratchilari – Koreyaning «Hyundai Engineering», «Hyundai Engineering&Construction» hamda «Enter Engineering» (Singapur) konsorsiumi tomonidan zavodda uskunalarni ishga tushirish ishlari faol sur’atlar bilan olib borilmoqda.

Quyidagi zavodda ishga tushirilgan ob’yektlar bilan tanishishingiz mumkin:

– 2020-yil noyabrda bosh podstansiya ishga tushirilib, zavod tashqi tizimdan elektr energiyani qabul qilishni boshladi;

– 2020-yil noyabrda nazorat o‘lchov va avtomatika tizimining boshqaruv binosi hamda Markaziy boshqaruv pulti ishga tushdi;

– 2021-yil yanvarda xom suvni qayta ishlash qurilmalari – Mineralsiz suv ishlab chiqarish hamda yong‘in o‘chiruv suv tizimi qismi ishga tushdi;

– 2021-yil fevralda Mash’ala tizimi va bug‘ ishlab chiqarish kotellari foydalanishga topshirildi.

Mart oyidan zavodga yonilg‘i gazi qabul qilish boshlandi. Shuningdek, aprel oyida Suvni sovutish qurilmasi (gradirnya) ishga tushirildi.

«GTL» sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish majmuasi ishga tushirilishi bilan yiliga 3,6 mlrd kub metr gaz qayta ishlanib, undan 1,5 mln tonna sintetik suyuq yonilg‘i ishlab chiqariladi.

Ma’lumot uchun: 307,3 ming tonna aviakerosin, 724,6 ming tonna dizel yonilg‘isi, 437,3 ming tonna nafta, 53,4 ming tonna suyultirilgan gaz. 1321 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi, yiliga 7,8 trln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi.

«Uzbekneftegaz GTL» zavodi haqidagi tassavuringizni boyitish uchun zavod Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan qurilish maydonining qush parvoz qiladigan balandlikdan olingan videolavhasini tomosha qilishni tavsiya qilamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring