Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbektelekom» AK «ICTEXPO UZBEKISTAN 2019» ko‘rgazmasida nimalarni namoyish qilmoqchi?

«O‘zbektelekom» AK «ICTEXPO UZBEKISTAN 2019» ko‘rgazmasida nimalarni namoyish qilmoqchi?

Foto: «O‘zbektelekom» AK

«O‘zbektelekom» AK xabar berishicha, kompaniya AKT haftaligining bosh texnik hamkori bo‘lishdan tashqari, faol ishtirokchisi ham hisoblanadi. Shu munosabat bilan kompaniya o‘zining va filiallarining innovatsion xizmatlari, yuridik shaxslar uchun foydali aksiyalari va bonuslari namoyish etiladigan ko‘rgazmadagi stendiga barchani taklif etmoqda.

Ertadan (24—27-sentyabr kunlari) Toshkentda va Farg‘onada «ICTWEEK UZBEKISTAN 2019» axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi boshlanadi. Haftalik doirasida «ICTEXPO UZBEKISTAN 2019» ko‘rgazmasi ham tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun: 2004-yildan buyon har yili o‘tkazib kelinayotgan «ICTEXPO UZBEKISTAN» AKT ko‘rgazmasi O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasidagi barcha muhim yutuqlar namoyish etiladigan eng katta va muhim tadbir hisoblanadi. Ushbu tadbir an’anaviy ravishda bir qator ixtisoslashtirilgan tadbirlarni yagona formatda birlashtiradi. Bu safar ko‘rgazma 25—27-sentyabr kunlari bir vaqtning o‘zida ikkita shaharda bo‘lib o‘tadi:

  • Toshkent shahridagi «O‘zekspomarkaz» pavilonlarida;
  • Farg‘ona shahridagi TATU filiali katta zalida.

«O‘zbektelekom» stendida mehmonlarni nimalar kutmoqda?

  • qiziqarli va interaktiv tanlovlar;
  • kompaniya va uning filiallari xizmatlariga oid ulkan va foydali aksiyalar;
  • qimmatbaho sovrinli o‘yinlar;
  • virtual voqelik muhitiga jalb qiluvchi hayajonli faol o‘yinlar;
  • mashhur poytaxt va cover-band yulduzlarining chiqishlari.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring