Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbektelekom» AK oliy ta’lim muassasalari uchun 50 foizgacha imtiyozli narxlarda internet tarifi ishlab chiqdi

«O‘zbektelekom» AK oliy ta’lim muassasalari uchun 50 foizgacha imtiyozli narxlarda internet tarifi ishlab chiqdi

Foto: «Sputnik»

Oliy ta’lim muassasalari uchun «O‘zbektelekom» AK tomonidan 50 foizgacha imtiyozli narxlar asosida hamda cheklanmagan trafikli internet tarif rejalari ishlab chiqildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmatiga tayanib «kun.uz» xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ana shunday maxsus internet tarmog‘i xizmatlari joriy etilmoqda. Ushbu kelishuv O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi o‘rtasida imzolangan qo‘shma qarorga asosan bajarilyapti.

«Internet tarmog‘i uchun ishlab chiqilgan tarif professor-o‘qituvchilar va talabalarga o‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishida yanada kengroq imkoniyat beradi», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring